Jahon | 22:10 / 21.09.2017
11765
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi zilzilalar vaqtida it 52 kishining hayotini saqlab qoldi

Meksika shaharlarining odamlari labrador-retriver zotidagi Frida laqabli itga mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli zilzila vaqtidagi jasorati uchun minnatdorlik bildirmoqdalar. Mahalliy harbiy flotda xizmat qiluvchi maxsus o‘rgatilgan it zilzila vaqtida 52 kishining hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda. 

Oxirgi kunlarda Frida zilziladan vayron bo‘lgan shaharlarda bo‘lib, vayronalar ostidan odamlarni chiqarib olishda ko‘mak bermoqda. Meksika televideniyesi bir necha yildan beri bu qutqaruvchi it haqida reportajlar suratga olib keladi.

Sentyabrda Frida Oaxaka shahrida bir necha o‘nlab odamni qutqarib qolgandi. It murabbiylarining aytishicha, u kuch-g‘ayratga to‘la va yana ko‘plab hayotlarni qutqarishga tayyor.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Meksikada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 250 dan oshib ketdi. Mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilindi. Qutqaruv-qidiruv ishlari uzukun davom etmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid