Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
2017 yilning 21 sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT bosh qarorgohida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin bilan uchrashdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Yusuf bin Ahmad al-Usaymin O‘zbekistonning 2016 2017-yillarda IHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi muvaffaqiyatli raisligini ta'kidlar ekan, mazkur davr ichida Islom ummasini birlashtirishda muhim ahamiyatga ega g‘oyalar ilgari surilgani va amalga oshirilganini qayd etdi.
IHT rahbari Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etishda yordam berishda tayyorligini izhor etdi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
16:55 / 16.09.2025
«Qoralashlar raketalarni to‘xtatmaydi» – Arab-islom sammiti Isroil bilan diplomatik munosabatlarni ko‘rib chiqishga chaqirdi
17:52 / 14.07.2025