Jahon | 08:57 / 22.09.2017
4701
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Afg‘oniston aksilterror strategiyani hayotga tatbiq etadi

Foto: CC BY-SA 2.0

AQSh va Afg‘oniston davlat rahbarlari Donald Tramp hamda Ashraf G‘ani BMT Bosh Assambleyasi doirasida o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida AQShning mintaqadagi yangi aksilterror strategiyasini amalga oshirishga kelishib olishdi. Bu haqda Oq uy tarqatgan xabarnomaga asoslangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Prezident Tramp va prezident G‘ani AQSh yetakchisining Janubiy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yangi strategiyasini amalga oshirish, shu bilan mintaqa, amerikaliklar va afg‘onistonliklarning xavfsizligini ta'minlashga tayyorliklarini bildirishdi", — deyiladi hujjatda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid