Jahon | 11:18 / 22.09.2017
21756
1 daqiqa o‘qiladi

Kim dunyodagi eng badavlat ayolga aylandi?

Foto: Business Insider

Walmart do‘konlar tarmog‘i asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis Uolton dunyodagi eng badavlat ayolga aylandi. 

Forbes ma'lumotiga ko‘ra, imperiya merosxo‘rining davlati 33,8 milliard dollarga baholanadi. U eng boy insonlar umumiy reytingida 17-o‘rindan joy olgan.

Kecha Fransiyada o‘zining 95 yoshiga bir oy qolganda mashhur kosmetik kompaniya L’Oreal asoschisining qizi va dunyoning eng badavlat ayoli Lilian Bettankur hayotdan ko‘z yumgani xabar berildi. Fransiyalik ayol 44,6 milliard dollarga ega edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid