Amerikaning Walmart riteyleri öz xodimlariga Samsung Galaxy XCover Pro smartfonlarini bepul tarqatişini e'lon qildi. Yil oxiriga qadar kompaniyaning 740 ming nafar xodimi smartfonga ega bölişi rejalaştirilgan. Qayd etilişiça, çakana bozorda bu smartfonning narxi 500 dollar turadi.
Uşbu smartfonlarga Me@Walmart ilovasi örnatiladi. Ma'lumot berilişiça, mazkur ilova xodimlarning doimo aloqada bölişi va öz vazifalarini yanada samarali bajarişlariga imkon beradi.
Ilova yordamida işga keliş-ketiş vaqtini qayd etiş, iş grafigini kuzatib boriş, boşqa xodimlar bilan muloqot qiliş va kompaniya faoliyatiga oid ma'lumotlarni oliş mumkin böladi.
Walmart köpinça kam maoş tölaşi, mehnat şaroitining yomonligi, xodimlar ustidan keskin nazorat örnatişi tufayli tanqid qilib kelinadi.

















