Qöşma Ştatlarda oxirgi bir neça kun içida öqotar quroldan foydalangan holda ikkinçi ommaviy qotillik sodir etildi. Virjiniya ştatida Çesapik şahridagi Walmart supermarketida sodir bölgan otişmada olti kişi halok böldi va yaralandi, deya ma’lum qildi 23 noyabr, çorşanba kuni politsiya vakili. 

Halok bölganlar orasida jinoyatçining özi ham bor, uning ismi hozirça oşkor etilmagan. Mahalliy matbuotning yozişiça, otişmani supermarket menejyerlaridan biri uyuştirgan. Politsiya u özini otib öldirganmi yoki politsiya tomonidan yöq qilinganmi, aniqlik kiritmadi. Fojia mahalliy vaqt bilan soat 22:00 (Toşkent vaqti bilan 8:00) lar atrofida sodir bölgan. Qöşma Ştatlardagi eng yirik çakana sotuv tarmoği - Walmart ma’muriyati sodir bölgan voqeadan hayratda qolganini va tergov bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirdi.

Virjiniya ştatidan senator Luiza Lukas ham voqeadan şokda ekanligini aytib ötdi. «Bugun keçqurun mening Virjiniya ştatidagi Çesapik okrugimda Amerika Qöşma Ştatlarida yana bir qirğin sodir bölganidan kuçli şokdaman. Mamlakatimizda köplab odamlarning hayotiga zomin bölgan qurolli zöravonlik epidemiyasini töxtatiş uçun yeçim topmagunimizça tinçlanmayman», deb yozdi u Twitter’dagi mikroblogida. 

Birgina 20 oktyabr kuni Koloradodagi tungi klubga qurolli hujum uyuştirilib, beş kişi halok böldi, 18 kişi yaralandi. AQŞ uzoq vaqtdan beri qurolli zöravonlikning ulkan tölqiniga qarşi kuraşib kelmoqda. Bu mamlakatda qonuniy yöl bilan qurol oliş juda oson. 

Rasmiy ma’lumotlarga köra, birgina 2020 yilda AQŞda 20 000 ga yaqin odam otib öldirilgan - kuniga deyarli 50 kişi. Gun Violence Archive portaliga köra, joriy yilning ötgan davrida mamlakatda öqotar quroldan foydalangan holda 600 dan ortiq ommaviy qotilliklar sodir etilgan.