EY konsalting kompaniyasi va Şveytsariyaning Sankt-Gallen universiteti dunyoning eng yirik oilaviy kompaniyalari reytingini taqdim qildi. Olib borilgan hisob-kitoblarga köra, dunyoning 500 ta eng yirik oilaviy kompaniyasining umumiy yillik tuşumi 7,3 trln dollarni, ularda işlovçi xodimlar soni esa 24,1 mln kişini taşkil qiladi.
Reytingda eng yuqori poğonani AQŞning Walmart kompaniyasi egalladi. Supermarketlar tarmoğining yillik tuşumi 559,1 mlrd dollarni taşkil qiladi. 2-örinni 245,5 mlrd dollarlik yillik tuşum bilan Berkshire Hathaway, 3-örinni esa 145,3 mlrd dollarlik yillik tuşum bilan Italiyaning EXOR xolding kompaniyasi egallagan.
Yuqori öntalikdan Schwarz Group nemis kompaniyasi (yillik tuşumi 140 mlrd dollar), AQŞning Ford (127,1 mlrd) va Germaniyaning BMW (122,2 mlrd dollar) avtomobilsozlik kompaniyalari, AQŞning yana 4 ta kompaniyasi: Koch Industries kimyo (115 mlrd dollar), oziq-ovqat işlab çiqaruvçi Cargill (114,6 mlrd dollar), Comcast telekommunikatsiya (103,6 mlrd dollar) va Dell texnologik kompaniyalari (94,2 mlrd) joy olgan.
Reytingda eng köp AQŞ kompaniyalari keltirilgan – 119 ta. Undan keyin Germaniya (79), Fransiya (33) va Xitoy (29) oilaviy kompaniyalari kelmoqda.
Reytingga kiriş uçun kompaniyalar bir neçta mezonlarga javob berişi kerak. Jumladan, kompaniya unga asos solgan bir oilaning kamida ikkinçi avlod vakillariga tegişli bölişi va uşbu oilaning kamida bir a'zosi kompaniyaning direktorlar kengaşi yoki rahbariyatida bölişi lozim. Agar kompaniya unga asos solgan oilaning birinçi avlodiga tegişli bölsa, unda kompaniya rahbariyatida uşbu oilaning 2 yoki undan ortiq a'zosi bölişi kerak. Bundan taşqari, ommaviy kompaniyalar uçun oilaga kompaniyaning ovoz beriş huquqini beruvçi kamida 32 foiz aksiyasi yoki xususiy kompaniyalar uçun kamida 50 foiz aksiyasi tegişli bölişi kerak.

















