Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Erdo‘g‘an uchrashuv o‘tkazishdi
Foto: AFP
Turkiya va AQSh prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi doirasida uchrashuv o‘tkazishdi.
Tramp uchrashuvdan keyin hozirda Turkiya va AQSh har qachongidan yaqinroq ekani, Erdo‘g‘an uning do‘stiga aylanganini aytdi.
"U mening do‘stimga aylandi, u yetakchilik qobiliyatlari uchun yuqori baholar olmoqda", deb aytgan Tramp.
Erdo‘g‘an Tramp bilan uchrashish va Turkiya-AQSh munosabatlari hamda mintaqaviy muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnun ekanini aytgan. Yetakchilar muhokama qilgan mavzular orasida Fathulla Gulenning Turkiyaga topshirilishi masalasi, Suriya va 25 sentabrda Iroq Kurdistoni mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tazilishi rejalashtirilayotgan Iroqdagi vaziyat bo‘ldi.
Tramp va Erdo‘g‘an Kurdistondagi referendum jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirishdi.
Ular "Yaqin Sharq mintaqasida baqarorlik o‘rnatish va terrorchilik ustidan g‘alaba qozonish" bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Tramp va Erdo‘g‘an kurd yetakchilarini jadal muzokaralar jarayonini boshlashga chaqirishdi va bunda Vashington hamda Anqara ko‘magini taklif qilishdi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020