Jahon | 00:38 / 23.09.2017
20443
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj AQShning Shimoliy Koreyani yo‘q qilish borasidagi tahdidlariga izoh berdi

Foto: RIA Novosti / Aleks Maknoton

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjning fikricha, AQShning Shimoliy Koreyani yo‘q qilish borasidagi tahdidlari Pxenyanda yadro dasturini kuchaytirish istagini uyg‘otadi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp BMT minbaridan turib agar Shimoliy Koreya AQShga tahdid qilsa, unda AQShda Shimoliy Koreyani yo‘q qilishdan boshqa iloj qolmasligini aytgandi. 

"Davlatlarni yo‘q qilish haqidagi barcha tahdidlar bu davlatlarning Iroq yoki Liviya kabi taqdirga uchramaslikka ishonchlari komil bo‘lishi uchun yadro quroliga ega bo‘lishni istashlariga olib keladi", deb yozgan Assanj tvitterda.

22 sentabrda Shimoliy Koreya yetakchisining Trampning nutqini "telbanoma alahsirash", Trampning o‘zini esa "qari miyang‘i" deb aytgan va "eng qat'iy choralar ko‘rishga" va'da bergan bayonoti chop etildi. So‘ngra Nyu-Yorkda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Trampning nutqiga javob chorasi Tinch okeani ostida vodorod bombasi sinovi o‘tkazilishi mumkinligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid