Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev: Amaldorlar jamoatchilikdan qo‘rqa boshladi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Nyu-Yorkka amaliy tashrifi doirasida Time jurnali sharhlovchisi, siyosatshunos, Eurasia Group tadqiqot markazi prezidenti Ien Bremmerga intervyu berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilgan.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Atamboyev mamlakatning tashqi siyosiy kursini amalga oshirish va Qirg‘izistonning strategik sheriklari bilan munosabatlarni rivojlantirishdagi asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirib bergan. U Time jurnali sharhlovchisining diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurashga aloqador choralar, Qirg‘izistonda demokratiyani mustahkamlash bo‘yicha ishlar va AQSh bilan munosabatlar haqidagi savollariga ham javob qaytardi.
«Biz davlatimizda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikka erishdik. O‘tgan yillarda kishilarda kelajakka ishonchni uyg‘otdik. Kishilar boshqacha kayfiyatda. Biz ularga o‘zimizning ming yillik tariximiz haqida eslatdik. Odamlarda milliy o‘zlikni anglash hissi paydo bo‘ldi hamda ular mamlakat taqdiri o‘zlariga bog‘liq ekanini tushunib yetdilar. Bunga qadar biz biometrik ma'lumotlar foydalanilgan holda adolatli saylovlarni o‘tkazdik. Biz shunga erishdikki, amaldorlar, hokimiyat jamoatchilik fikrini hurmat qilishni hamda eshitishni, undan qo‘rqishni boshladi», - deya ma'lum qilgan Atamboyev intervyuda.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026