Jahon | 16:17 / 23.09.2017
13039
1 daqiqa o‘qiladi

KXDRdagi yadroviy sinov hududi yaqinida zilzila yuz berdi

Shimoliy Koreyada 3,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

Xitoy seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi markazi taxminan nol-bir kilometr chuqurlikda joylashgan.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya meteorologiya agentligi Shimoliy Koreyaning Kilju uyezdida 3,0 magnitudali zilzila ro‘y berganini qayd etgan. Bu yer yadroviy sinov hududining oldida joylashgan.

Biroq, idoradagilarning fikricha, u yadro sinovlari bilan aloqador emas hamda tabiiy xarakterga ega bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid