Jahon | 18:54 / 23.09.2017
21118
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada navbatdagi kuchli zilzila yuz berdi

Foto: Reuters

23 sentabrda Meksikaning Oaxaka shtatida 6,2 magnitudali yana bitta zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma'lum qildi

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Matias-Romero shahridan janubi-g‘arbiy tomon 16 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda joylashgan.

Vayronalar va jabrlanganlar hamda sunami yuz berishi xavfi haqida ma'lumotlar kelib tushmagan.

Bundan avvalroq ham Meksika sohillari yaqinida, Tinch okeanida 5,8 magnitudali zilzila yuz bergandi. AQSh geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uning markazi Paredon shahridan janubi-g‘arbiy tomon 48 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 74 km chuqurlikda bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid