Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti Suriya va Iroqda harbiy operatsiyalar o‘tkazishga ruxsatni uzaytirdi
Foto: AFP 2017 / Bulent Kilic
Turkiya parlamenti 23 sentabrda o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda Turkiya qurolli kuchlarini Iroq va Suriyada qo‘llashga ruxsatni yana bir yilga cho‘zdi. Ushbu yig‘ilish Iroq Kurdistonida 25 sentabrga belgilangan mustaqillik referendumi o‘tkazilishi oldidan chaqirildi.
Iroq Kurdistoni muxtor viloyati rahbariyati Iroqning markaziy hukumati fikrini inobatga olmay, 25 sentabrda Iroqdan mustaqil bo‘lish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini belgiladi. Bag‘dodda referendum noqonuniy deb hisoblanmoqda, uning o‘tkazilishiga parlament ovoz bergan.
Turkiyada qonun loyihasini parlamentdagi 3 ta partiya vakillari qo‘llab-quvvatlashgan. Unga kurdlarni qo‘llab-quvvatlovchi Xalq demokratiyalari partiyasi qarshi chiqdi.
Turkiya parlamenti 2014 yil oktabrda milliy qurolli kuchlarni xorijda qo‘llash va mamlakat hududida xorijiy qo‘shinlar joylashuviga ruxsat bergandi. Ushbu ruxsat bir yil amal qilgan. So‘ngra bu ruxsat 13 oyga uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026