Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov AQSh KXDRga zarba berishi ehtimolini izohladi
Foto: epa/vostock-photo
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning hisoblashicha, AQSh KXDRga zarba bera olmaydi, chunki amerikaliklar shimol koreyslari yadro quroliga egaligini bilishadi. U bu haqda NTV telekanalining "Hafta yakunlari" dasturida chiqishi vaqtida gapirgan.
Rossiyalik vazirning so‘zlariga ko‘ra, "Amerikaliklar Iroqqa bu mamlakat ommaviy qirg‘in qurollariga egalik qilmayotganini aniq bilishgani uchun hujum qilishgan".
Lavrovning aytishicha, "Amerikaliklar Koreyada yadro bombalari borligini bilishgani uchun zarba bera olishmaydi".
"Bunday tahlil hammani qanoatlantiradi. Agar bu yaxshilab tahlil qilinmasa, voqealar qanday tarzda davom etishini aytib bo‘lmaydi. O‘n minglab, balki, yuz minglab odamlar bundan jabr chekishi mumkin. Janubiy Koreyada ham, Shimoliy Koreyada ham begunoh kishilar halok bo‘lishi mumkin, Yaponiya, Rossiya va Xitoy ham zarar ko‘rishi mumkin", — degan rossiyalik vazir.
AQSh Prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasida chiqishi vaqtida o‘z ittifoqchilarini himoya qilish uchun Vashington "Shimoliy Koreyani butkul yakson qilishdan tap tortmasligi"ni aytib o‘tgandi.
Bunga javoban Shimoliy Koreyadagilar o‘z raketalari AQShga qaratilgani va Trampning harakatlari o‘ziga suiqasd qilish bilan barobar ekani haqida aytishgandi.
Mavzuga oid
17:00
Putin yana harbiy formada yig‘ilish o‘tkazdi. Lavrov Yevropani «tinchlik yo‘lidagi asosiy g‘ov» deb atadi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
09:15 / 28.11.2025
Lavrov yana bir Rossiya delegatsiyasi tarkibidan chiqarildi
21:25 / 27.11.2025