Jahon | 08:45 / 24.09.2017
10177
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronni Shimoliy Koreya bilan hamkorlik qilishda aybladi 

Foto: RIA "Novosti"

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni Shimoliy Koreya bilan hamkorlik qilishda aybladi va Eron bilan kelishuvlar foyda bermayotganini takrorlab o‘tdi.

"Eron yaqindagina Isroilga yeta oladigan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Ular shuningdek Shimoliy Koreya bilan ishlashmoqda. Uncha ham kelishuvga to‘g‘ri kelmayapti!", deb yozgan Tramp tvitterda va Tehron ayni qaysi sohalarda Pxenyan bilan hamkorlik qilayotganiga aniqlik kiritmagan.

23 sentabrda Eron televideniyesi Tehron 2 ming km ga ucha oladigan "Hurramshahr" nomli ballistik raketa sinovini o‘tkazganini ma'lum qilgandi. Ta'kidlanishicha, raketa bir nechta jangovar kallak tashishga qodir. Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Eronning raketa sinovlarini ig‘vo hamda AQSh va uning ittifoqdoshlari sabrini sinashga urinish deb atagandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid