Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Kurdistonida mustaqillik referendumi boshlandi
Foto: AP
Iroqning Kurdiston muxtor viloyatida mustaqillik masalasida referendum boshlandi.
Rudaw telekanalining xabar qilishicha, ovoz berish uchastkalari mahalliy vaqt bilan 7:00 da ochilgan va 18:00 da yopiladi.
Umuman 5,2 mln saylovchi ro‘yxatga olingan, ular "Kurdiston mintaqasi va uning tashqarisidagi kurdlar istiqomat qiladigan hududlar mustaqil bo‘lishini xohlaysizmi?", degan savolga o‘z fikrlarini bildirishlari kerak. Referendum natijasi bir kundan keyin ma'lum bo‘ladi.
Iroq Kurdistoni Oliy mustaqil saylov komissiyasiga ko‘ra, 400 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar ovoz berishni kuzatmoqda. Referendumni yoritishga 600 dan ortiq jurnalist jalb qilingan. Ularning 3 dan biri xorijiy OAV vakillaridir.
Mavzuga oid
12:43 / 13.02.2026
Shveytsariya aholi soni chegarasi bo‘yicha referendum tayyorlamoqda
21:32 / 12.02.2026
Shveytsariyada mamlakat aholisi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
23:54 / 02.09.2025
Millat taqdirlangan kun
17:44 / 28.08.2025