Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notarius lavozimi uchun tanlov testlarsiz o‘tadigan bo‘ldi
Adliya vazirining buyrug‘i (2017 yil 13 sentabr) bilan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Norma.uz'ning yozishicha, endilikda notarius lavozimida ishlayotgan shaxs tanlovda ishtirok etish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi hamda boshqa hujjatlar bilan birga notarius lavozimidan ozod etilganligi haqidagi buyruq nusxasini taqdim etishi talab etilmaydi. Demak, bunday shaxs o‘z lavozimida ishlab turib tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Ilgari tanlov 2 bosqichda - test sinovi va yozma-og‘zaki shaklda o‘tkazilar edi. Test sinovida 50 ta savolga javob berish kerak edi. Talabgorlar test sinovini topshirmagunga qadar tanlovning 2-bosqichiga qo‘yilmas edi. Endilikda tanlov faqat yozma-og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.
Ilgari notarius lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarga bir yil muddatga murabbiy-notarius tayinlanishi nazarda tutilgan edi. Ushbu talab bekor qilindi.
Hujjatga boshqa o‘zgartirishlar ham kiritildi.
2017 yil 18 sentabrda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
15:07 / 08.12.2025
Notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslari tartibi tasdiqlanadi
10:05 / 11.09.2025