Jahon | 23:00 / 25.09.2017
17097
1 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan AQSh samolyotlarini urib tushirishi bilan tahdid qildi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Pxenyan AQSh samolyotlarini hattoki Shimoliy Koreya hududidan ham tashqarida urib tushirishi mumkin, deb aytdi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo.

"AQSh davlatimizga urush e'lon qilgani sababli, bizda aks choralar ko‘rish, jumladan AQShning strategik bombardimonchilarini ular davlatimiz hududidan tashqarida bo‘lsa ham urib tushirish huquqi bor", deb aytgan vazir jurnalistlarga Nyu-Yorkda.

U, shuningdek, Pxenyan AQSh prezidenti Donald Trampning barcha harakatlariga javob berish variantlarini ko‘rib chiqishini aytgan.

24 sentabrda AQShning harbiy imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida Shimoliy Koreya sohillari yaqinidan AQShning F-15 qiruvchi samolyotlari hamrohligida B-1B Lancer strategik bombardimonchilari uchib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid