O‘zbekiston | 17:39 / 25.09.2017
6575
2 daqiqa o‘qiladi

Tatariston prezidenti O‘zbekiston madaniyat vaziri bilan uchrashdi

2017 yilning 24 sentabr kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov, TR madaniyat vaziri Ayrat Sibagatulin O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashdilar. Shuningdek, uchrashuvda RFning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev, Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari, «Milli shura» milliy kengashi raisi Vasil Shayxraziyev, Butunjahon tatarlar kongressi ijroiya qo‘mitasi raisi Rinat Zokirov va O‘zbekistondagi tatarlar jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda Tatariston Respublikasi madaniyati kunlarini tiklash bo‘yicha taklif bildirildi. Sababi respublikada 137 ta tatarlar madaniyat markazi va 7 ta madaniy jamoalarning do‘stlik uylari bor.

Tatariston Respublikasi prezidenti esa ilm-fan, ta'lim, sanoat, madaniyat va san'at bo‘yicha hamkorlik qilish haqida takliflar bilan chiqdi.

Madaniyat vaziri B.Sayfullayev TR prezidenti Rustam Minnixanovga O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, tomonlar madaniyat va san'at sohasidagi rivojlanish hamda hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid