O‘zbekiston | 17:03 / 25.09.2017
11631
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 103 ming tup daraxt o‘tqaziladi

Foto: KUN.UZ

Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ–3262-son qarori bilan 2018-2020 yillarda avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shaharlar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish  dasturi tasdiqlandi.

Norma.uz’ning yozishicha, 3 yil ichida yo‘llar bo‘ylab 1,6 milliontadan ortiq, shahar ko‘chalarida esa 782 ming (ularning 103 tasi poytaxtda) daraxt va butalar o‘tqazish rejalashtirilgan. Dasturda qarag‘ay, zarang, eman, kashtan, shumtol, archa kabilar manzarali ko‘chatlar sifatida ko‘rsatilgan.  

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga avtomobil yo‘llariga yondosh hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi. 

Joriy yilning 1 oktabridan boshlab umumiy foydalanishdagi avtoyo‘llarni, shuningdek, shartnoma asosida shaharlarning tegishli ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘rsatilgan korxonaning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Avvalroq avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi rahbariyati tizimida o‘zgarish yuz bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid