Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yöllaridagi kökalamzorlaştiriş va me'moriy-landşaft qurilmalari tizimlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori imzolandi. 

Qabul qilingan qarorga muvofiq Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi markaziy apparati tuzilmasiga – kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş masalalariga javob beradigan rais örinbosari lavozimi qöşiladi hamda u bir paytning özida "Özyölkökalamzorlaştiriş" unitar korxonasi direktori hisoblanadi. Şuningdek, qömita tarkibida kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş boşqarmasi ham taşkil etiladi. 

Qaror bilan "Özyölkökalamzorlaştiriş" unitar korxonasining taşkiliy tuzilmasi hamda korxonaning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy bölinmalari namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi.