Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Xitoyda WhatsApp messenjeri bloklab qo‘yildi
Xitoy hududida mashhur WhatsApp messenjeri bloklab qo‘yildi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda. WhatsApp Amerikaning Facebook kompaniyasiga tegishli bo‘lib, shu nomdagi ijtimoiy tarmoqqa ega. Facebook 2009 yildan XXRda bloklab qo‘yilgan. Nashrning yozishicha, messenjer Xitoyda taqiqlanmagan va ayni vaqtda Facebook kompaniyasiga tegishli bo‘lgan xizmatlardan oxirgisi edi.
Ma'lum bo‘lishicha, shu yilning iyul oyi o‘rtalaridan boshlab XXR WhatsApp videochatlarini bloklay boshlagan. Bundan tashqari, u orqali fotosuratlar va boshqa fayllarni yuborish imkoni chegaralangan. Bunda cheklovlar matnli xabarlarga tegishli bo‘lmagan. Biroq Fransiyada joylashgan hamda ma'lumotlarni shifrlashga ixtisoslashgan Symbolic Software kompaniyasi eksperti Nadim Kobeysining aytishicha, hozirda WhatsApp Xitoyning quruqlik qismida deyarli to‘liq bloklangan.
Kobeysining so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp matnli xabarlarini to‘sib qo‘yish shundan dalolat qiladiki, xitoylik senzura idorasi maxsus dastur ishlab chiqqan bo‘lib, u messenjerning ma'lumotlarni shifrlash texnologiyasini o‘zlashtira olganini anglatadi. Facebook kompaniyasi bu xabarni izohlaganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2003 yildan XXRda "Oltin qalqon" nomli dastur ishlaydi. U foydalanuvchilarning saytlarga va internet xizmatlarga kirishini filtrlaydi.
Ayni vaqtda Xitoyda Google, Facebook, YouTube, Instagram, Twitter, "Vikipediya", Amnesty International tashkiloti sayti, xorijiy OAV saytlari bloklab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025