Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisi Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi
25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyun rahbarligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida Oliy Majlis Senati raisi O‘zbekistonda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatiga yuqori baho berilishini hamda Koreya Respublikasi bilan barcha sohalarda strategik hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilishini qayd etdi.
Ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati hamda uni yanada chuqurlashtirish istiqbollari haqida fikr almashildi.
Tomonlar Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyunning O‘zbekistonga tashrifi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlashda va kengaytirishda muhim rol o‘ynashiga hamda ikki mamlakat qonun chiqaruvi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga yangicha turtki berishiga umid bildirdilar.
Mavzuga oid
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026