AQSh Kubaga qat'iy talab qo‘ydi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashingtonda Kuba tashqi ishlar vaziri Eduardo Rodriges Parilya bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda amerikalik diplomatlar xavfsizligini ta'minlashni qat'iy talab qildi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert xabar berdi, deb yozmoqda The Hill.
Nauertning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar o‘rtasidagi muloqot «qat'iy va ochiq o‘tgan».
«Davlat kotibi vaziyat naqadar jiddiy ekaniga ishora qildi, hamda Kuba hukumati elchixona xodimlari va ularning oila a'zolarini Vena konvensiyasiga muvofiq himoya qilishga majbur ekanini ta'kidladi», - deya aytib o‘tgan u.
AQSh hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 21 diplomat aniqlanmagan masofaviy ta'sir tufayli eshitish, diqqatni bir joyga jamlash, xotira buzilishi, shuningdek boshqa asoratlardan aziyat chekkan.
Mavzuga oid
20:21
Tramp saylovda yutqazsa, yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytdi
11:30
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
22:03 / 22.09.2024
Tramp Harrisning debat o‘tkazish haqidagi taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024