Jamiyat | 20:40 / 27.09.2017
7822
3 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 7 kilogrammdan ortiq miqdordagi giyohvandlik vositasi aniqlandi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shaxrida shu yilning 20 sentabr kuni, viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «qoradori-2017» tadbiri davomida Marg‘ilon shahri, G‘alatoy ko‘chasida yashovchi, A.M.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning tomorqasida 1 tup «nasha» giyohvand moddasi o‘stirilgani aniqlandi. Bu haqda  «Kun.uz»ga Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

A.M. xonadonini ko‘zdan kechirish davomida uning yotoqxonasi va omborxonasi tomida quritilgan holda, ko‘kimtir rangli, EKB xulosalariga ko‘ra, sof og‘irligi 3.974 (uch kilogramm to‘qqiz yuz yetmish to‘rt gramm) «marixuana» moddasi saqlab kelingani aniqlangan.

IIB TB tomonidan 2017 yil 26 sentabr kuni A.M.ga nisbatan O‘z.R. JKning 276-moddasi 2-qismi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. IIB ayni vaqtda tergov olib bormoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 2017 yil 16 sentabr kuni, IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Furqat tumani Tinchlik qishlog‘ida harakatlanib kelayotgan, O‘zbekiston tumani Islom qishlog‘ida yashovchi, O. M. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, salonida hajmi 25 litrli 4 dona plastmasa idishlarda, hajmi 35 litrli 1 dona plastmasa idishda va 1 dona paketda o‘tkir hidli yashil rangli quritilgan holda «nasha» giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida musodara qilingan. Avtomashinadan olingan giyohvand moddalar, sof og‘irligi 4 kg 575 gramm «marixuana» giyohvand moddalari ekani aniqlanib, uning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, xonadonida yelim paketga o‘ralgan o‘tkir hidli quritilgan holda bo‘lgan, sof og‘irligi 299 gramm «marixuana» giyohvand moddasini saqlab kelayotgani aniqlangan.

Farg‘ona viloyati IIB TB tomonidan O.M.ga nisbatan O‘z.R. JKning 25,273-moddasi 5-qismi va 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda O.Mga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid