Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oy va Marsda odamlar joylashtirilishi mumkin bo‘lgan mukammal yerlar aniqlandi
Foto: © Fotolia / Straky
Paduya va Boloniya universitetlari olimlari Oy va Marsda odamlar joylashtirilishi uchun eng mos keluvchi yerlarni aniqlashdi. Bu haqda Yevropa atrofiziklari uyushmasi Eroplanet rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Mutaxassislar ushbu samo obektlari releflari modellarini tahlil qilib, kelgusida Oy va Marsdagi “lava quvurlari” va g‘orlar insonlarning bu yerlarda yashashlari uchun eng mos kelishi haqidagi xulosaga keldilar.
Olimlarning fikricha, g‘or va quvurlar odamlarni koinot nurlanishi va mikrometeoritlar oqimidan eng yaxshi tarzda himoyalay olishi mumkin.
“Lava quvurlari” lavalarning bir tekis sovimasligi oqibatida vujudga kelgan kanallardir. Lavalarning yuqori qatlamlari tezroq soviydi va monolitga aylanib, qattiq qatlamni shakllantiradi. Bu orada uning ichidagi suyuq lava sekin-asta oqib ketib, tunnel hosil bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, bunday tunnelning uzunligi 65 km gacha yetishi mumkin.
Mavzuga oid
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025
Oy va Marsdagi hayot simulyatsiyasining tarixdagi eng yirik sinovi start oldi
08:00 / 20.10.2025
Mask Marsdagi koloniya uchun minimal qancha kishi kerak bo‘lishini hisoblab chiqdi
21:44 / 26.09.2025