Texnologiya | 08:04 / 27.09.2017
5995
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter’da katta o‘zgarish yuz berishi kutilmoqda

Twitter mikrobloglar servisi rahbariyati xabarlardagi belgilar sonini ikki barobarga oshirish bo‘yicha rejalar mavjudligi haqida ma'lum qildi.

Hozirgi paytda mikroblogdagi xabarlar 140 belgi bilan cheklangan. Endilikda servis limitni 280 belgiga qadar oshirib ko‘rmoqchi.

Ta'kidlanishicha, avvaliga bunday imkoniyatni foydalanuvchilarning kichik bo‘lgan qismi qo‘lga kiritadi. Agarda, sinov jarayoni muvaffaqiyatli o‘tsa, unda har bir yuzer yangilikdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Tramp ijtimoiy tarmoqdan ketsa, Twitter 2 milliard dollar zarar ko‘rishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid