Agar AQŞ prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdan ketsa, Twitter kompaniyasi 2 mlrd dollar miqdorida zarar köradi. Bu haqda Bloomberg agentligi Monness Crespi Hardt & Co. tahlilçisi Jyeyms Kakmakka asoslanib xabar bergan.
Kakmakning qayd etişiça, agar Tramp tvitterdan foydalanişni töxtatsa, bu boşqa foydalanuvçilar tarmoqni ommaviy ravişda tark etişiga olib kelmaydi, ammo bu kompaniya nomoddiy aktivlari qiymati keskin pasayişiga sabab böladi.
Uning qayd etişiça, Twitter aksiyalari narxi tarixidagi eng quyi darajagaça ham tuşişi mumkin.
«Dunyoda Amerika Qöşma Ştatlari prezidentining tekin reklamasidan yaxşiroq narsa yöq», — deya öz sözlarini izohlagan Kakmak.
Ayni vaqtda Twitter Inc. kompaniyasi bozor narxi 11,7 mlrd dollarga baholangan.

















