Jahon | 17:31 / 27.09.2017
11726
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi o‘q-dori omborida portlashlar ro‘y berdi

Foto: Reuters

Ukrainaning Vinnitsa viloyati Kalinovka qishlog‘i yaqinidagi o‘q-dori omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ombordagi yong‘in sababli portlashlar boshlangan, ularning davomiyligi daqiqasiga uchtaga yetgan.

Vinnitsaga trassalar va temir yo‘llari butunlay to‘sib qo‘yilgan, Kalinov tumanidan taxminan 30 ming kishi evakuatsiya qilindi. Osmon esa ombordan 50 kilometr radiusda yopilgan. Ukraina matbuoti ikki kishining jarohatlangani haqida xabar berdi. Yong‘inning vujudga kelishiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

Kalinovkadagi omborning 60 gektar maydonida 188 ming tonna o‘q-dori saqlanadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid