Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Xitoyga safarini boshlamoqda
Foto: AP
Bugun 28 sentabrda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Xitoy Xalq Respublikasiga safarini boshlamoqda. Tashrif davomida muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biri Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qilish bo‘ladi.
Umuman olganda, ushbu muzokaralar qachon tashkil etilishidan qat'inazar uning asosiy mavzusi KXDR atrofidagi vaziyat muhokamasi bo‘lar edi, deyish mumkin. To‘g‘ri, Nauert ushbu tashrifning yana bir maqsadini aytdi. U ham bo‘lsa prezident Trampning Xitoyga bo‘lajak safariga tayyorgarlikdir.
Xitoy tomoni ham ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashinuvi haqidama'lum qildi. Lu Kan qayd etganidek, doimiy aloqalar va oliy darajada o‘zaro bordi-keldilar ikki mamlakat o‘rtasidagi sog‘lom va yaxshi munosabatlar mavjudligini isbotlaydi.
Biroq KXDR mavzusidan tashqari savdo va investitsiyalar ham e'tibordan chetda qolmaydi. AQSh davlat kotibiningsh Xitoyga safari ma'muriyatning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqtisodiyot va xavfsizlik borasidagi manfaatlarini kengnaytirish niyatida ekanini ko‘rsatadi. Xususan, Vashington Janubiy-Xitoy dengizidagi orollar bilan bog‘liq tortishuvlarni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqiradi.
Mavzuga oid
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
13:26 / 27.12.2025