Jahon | 10:01 / 28.09.2017
12684
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShning Suriyadagi ustuvor vazifasini ma'lum qildi

Foto: AP

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Nyu-Yorkdagi Osiyo Jamiyatida so‘zlagan nutqida AQShning Suriyadagi harakatlariga baho berdi. «Menimcha, bugungi kunda ustuvor vazifalar o‘zgardi va AQSh hukumatiga IShIDni mag‘lub qilishdan ko‘ra, Suriya hukumati Iroq bilan chegara ustidan nazoratni qaytarmasligiga yo‘l qo‘ymasligi muhimroq», - deya uning so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti».

Vazir, shuningdek, Eronning Suriya masalasiga yechish topishdagi vazifasini ham ma'lum qildi. «Biz Suriyada kimnidir qo‘llab-quvvatlash uchun emas, balki terrorchilarga qarshi kurashish uchun harakat qilmoqdamiz», - deydi Muhammad Javod Zarif.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Eron Suriyadagi terrorchilarning pozitsiyalariga qarata oltita o‘rta masofadagi raketalarni uchirgandi, ular «nishonlarga yuqori aniqlikda zarba bergan». Zarba Eronda 7 iyun kuni ro‘y bergan «jinoyatlarga javob tarzida» berilgan, o‘shanda ikki ekstremistlar guruhi Tehronda parlamentga va poytaxt yaqinidagi Imom Homeyni maqbarasiga hujum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid