Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Romitandagi to‘yda zaharlangan bemorlarning ahvoli bo‘yicha ma'lumot berildi
26 sentabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida jami 166 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik kabi kasallik belgilari bilan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Bemorlarga “O‘tkir diareya, ovqatdan zaharlanish” tashxisiga gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan.
KUN.UZ muxbirining Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarining 27 sentabrdagi matbuot anjumanida bergan ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, bemorlar 25 sentabr kuni tuman markazidagi "Diyor" to‘yxonasida o‘tkazilgan nikoh to‘yidan keyin o‘zlarini yomon his qila boshlashganini aytishgan, ularning bari tuxum-barak yegani ma'lum bo‘lgan.
Voqea joyiga respublika mutaxassislari yuborilgan va ular vaziyatni o‘rganishga kirishishgan. Vaziyatga SES qoidalariga rioya qilinmaganlik natijasi sifatida baho berilmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda 166 bemordan 94 nafari shifoxonada, qolganlarining ahvoli yaxshilangani sabab uyga ruxsat berilgan. Shifoxonadagi barcha bemorlarning ahvoli - qoniqarli.
Mavzuga oid
11:03 / 29.11.2025
"Bu navbatdagi biznes reja": Shifokorlar va bemorlar Toshkent onkologiya kasalxonasi tugatilayotganidan norozi
15:00 / 28.11.2025
Germaniyalik oila Istanbulda insektitsid bilan zaharlanish oqibatida vafot etdi
20:34 / 16.10.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi birinchi samarali vosita ishlab chiqildi
12:32 / 16.10.2025