Jahon | 10:00 / 29.09.2017
34251
4 daqiqa o‘qiladi

Yaqin Sharqning eng yaxshi maxsus qo‘shinlari - Iordaniya askarlari (foto)

Iordaniya maxsus operatsiyalar birlashgan Qo‘mondonligi guruhiga kiruvchi Iordaniya maxsus qo‘shinlari 14 ming kishidan iborat bo‘lib, mintaqaning eng samarali jangovar guruhlaridan biri sanaladi. Bu yigitlar Amerikaning elita qo‘shinlari bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishadi. Umuman, butun mamlakat maxsus operatsiyalarni tayyorlash bo‘yicha global markaz sanaladi: yaqinda ochilgan KASOTC o‘quv poligoni eng so‘nggi rusumdagi texnika vositalari bilan ta'minlangan va ko‘plab do‘stona davlatlar bilan bahamijihat foydalaniladi. Ishlarning bu tarzda tashkil etilgani qirol Abdulloh II ning o‘tmishi bilan tushuntiriladi — mamlakat podshohi mamlakat maxsus qo‘shinlari safida xizmat qilgan.

Foto: Spec Ops Magazine

1965 yilda tashkil qilingan Iordaniya maxsus xizmat qo‘shinlari mintaqaning barcha hududlaridagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga ulgurgan. Askarlar razvedka, jangovar va aksilterroristik operatsiyalar uchun tayyorlanishadi.

Foto: Spec Ops Magazine

Bu bo‘linmaning askarlaridan terrorchilik guruhlariga qo‘qqisdan zarba berishda foydalaniladi. «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti rahbarlaridan biri Abu Musab az-Zarqaviyning o‘ldirilishida aynan Iordaniya maxsus qo‘shinlarining hissasi katta. Iordaniya hududida kimyoviy qurol bilan zarbalar uyushtirgan terrorchi va uning 8 hamtovog‘i jasadi fojiadan 8 kun o‘tib topilgan edi.

Foto: Spec Ops Magazine

Iordaniya maxsus qo‘shinlarining bosh vazifalaridan biri — qirollikning milliy chegaralarini qo‘riqlashdan iborat. Bu missiya 2006 yildan keyin — mintaqadagi beqarorlik geometrik progressiya bo‘yicha o‘sib bora boshlaganidan so‘ng muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Foto: Spec Ops Magazine

Suriya va Iroqdan jangari unsurlarning suqilib kirish ehtimoli xavfi juda ulkan. Iordaniya maxsus qo‘shinlari bir necha yildan buyon doimiy asosda aksilterrorchilik operatsiyalarini o‘tkazib kelishmoqda.

Foto: Spec Ops Magazine

Bu elita bo‘linmasining tayyorgarlik ko‘rish markazi qirol Abdulloh nomidagi maxsus operatsiyalar o‘quv akademiyasi bo‘lib qolmoqda. 2009 yildan buyon tayyorgarlik markazini moliyalashtirishning katta qismini Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z gardaniga olgan. Bundan tashqari markaz yo‘riqchilari ham AQSh armiyasi harbiylari sanalishadi.

Foto: Spec Ops Magazine

Iordaniyaning katta qismi jonsiz cho‘ldek ko‘rinishga ega, lekin maxsus qo‘shinlarni har qanday sharoitda harakat qilishga o‘rgatishadi. Suvdagi operatsiyalar? Shubhasiz. Iordaniya askari har qanday muhitda ildam harakat qilmog‘i kerak.

Foto: Spec Ops Magazine

Bo‘linmaning aksariyat amaldagi zobitlari mudom beqaror Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalarda toblanishgan. Iordaniya hanuzgacha bu yerda aksilnarkotik va aksilterroristik operatsiyalar o‘tkazib keladi.

Foto: Spec Ops Magazine

Faqat kuch bilan ta'sir qilishdan tashqari, Iordaniya maxsus qo‘shinlari razvedka ma'lumotlari yig‘ish masalalarida ham tan olingan yetakchi hisoblanadi. Iordaniya monarxiyasiga tahdid soluvchi ichki beqarorlik va terrorizm maxsus xizmat vakillaridan turli rejali mahoratlarni talab etadi.

Foto: Spec Ops Magazine

Bu suratda Iordaniya maxsus qo‘shinlari a'zolari (askar va zobitlarning shaxsi qattiq sir saqlanadi) SOFEX maxsuslashtirilgan ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etayotgani tasvirlangan.

Foto: Spec Ops Magazine

Mavzuga oid