Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda Toshkent korxonalari mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Bishkek shahrida Toshkent shahrining mintaqaviy korxonalari salohiyati taqdim etilgan birinchi sanoat ko‘rgazmasi ochildi. Qirg‘iziston poytaxti tadbirkorlari va aholisiga shaharning katta sanoat salohiyatini ko‘rsatib beruvchi, sanoatning turli sohalaridagi 80 korxona mahsuloti namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida Bishkek shahri hokimi o‘rinbosari Renat Makenov, Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov, shahar aholisi va mehmonlar ishtirok etdi.
Toshkent shahri hududida 11,5 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatadi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, shahar sanoat ishlab chiqarish hajmida mintaqaviy korxonalar ulushi 69,3 foizni tashkil etdi.
O‘tkazilayotgan ko‘rgazma mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining yanada o‘sishiga xizmat qiladi. Ko‘rgazma doirasida taqdimotlar, ishbilarmon doiralar uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
15:25 / 12.09.2025