Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Federika Mogerini Toshkentga keladi
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, YeI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga bo‘lgan tashrifi doirasida o‘zbek diplomatiyasining yangi trendlariga bag‘ishlangan sessiya vaqtida ma'lum qildi.
Kun.uz muxbirining O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yaxshilash uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi haqidagi savoliga vazir shunday javob qaytargan:
«Bir yil davomida ko‘plab davlatlar bilan yangi aloqalar o‘rnatdik, ko‘p shartnomalar imzoladik, ko‘p majburiyatlar qabul qildik.
Amerika Qo‘shma shtatlari, Rossiya, Xitoy va qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar qurish - tashqi siyosatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri.
Rejada Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni rivojlantirish bor. Noyabr oyida bo‘ladigan xalqaro anjumanga Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlari vaziri maqomidagi Mogerini xonim boshchiligidagi delegatsiya kelmoqda. Prezident bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkaziladi.
Prezidentimiz nomiga Yevropadagi katta davlatlardan takliflar bor. Shu takliflar ustida ishlayapmiz».
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
22:21 / 02.12.2025
Yevropa diplomatiyasi sobiq rahbari Federika Mogerini qo‘lga olindi
16:44 / 16.11.2025