Jahon | 08:13 / 30.09.2017
4934
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kubada vizalar berishni to‘xtatdi

Foto: AP

AQSh davlat departamenti noma'lum muddatga Kubada AQSh vizalarini berishni to‘xtatdi. Bu haqda 29 sentabrda departament vakili ma'lum qildi.  

Diplomatning aytishicha,  AQSh Kubaga rasmiy delegatsiyalar yubormaydi.

Bundan tashqari, davlat departamentida ma'lum qilinishicha, AQShning Gavanadagi elchixonasi xodimlari soni 2 barobarga qisqaradi.  Bunga esa amerikalik diplomatlarga "akustik hujum" yetkazilishi bilan bog‘liq yaqinda yuz bergan voqealar sabab bo‘lgan.

"Davlat departamenti 29 sentabrda Gavanadagi elchixonada muhim vazifalarni bajarmaydigan xodimlar va ularning oila a'zolariga AQShga qaytishga ko‘rsatma berdi", deb aytilgan departamentda.

Qolgan xodimlar esa o‘z ishlarini davom ettiraveradilar.

Departamentda AQSh amerikalik diplomatlarga ziyon yetkazilishi bilan bog‘liq voqealar sababli ayni vaqtda Kuba bilan diplomatik munosabatlarni uzishni istamayotgani ta'kidlab o‘tildi.

"Biz Kuba bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolamiz", deb aytgan departament vakili. Uning aytishicha, hujumlar tergov qilinmoqda, ularning sababi va aybdorlar hali aniqlanmagan. "Biz bunda uchinchi davlatlar ishtirok etgani bo‘lishini istisno qilmaymiz, biroq tergov davom etmoqda", deb ma'lum qildi vakil. 

Kuba ushbu hujumlarga aloqadorligini inkor qilib kelmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid