Jamiyat | 09:01 / 30.09.2017
5770
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj Kataloniya atrofidagi referendumni "birinchi jahon internet urushi" deb atadi

Foto: Getty Images

Maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilishga ixtisoslashgan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning fikricha, Kataloniya mustaqilligiga doir referendum atrofidagi vaziyatni birinchi jahon internet urushi deb baholash mumkin. U o‘zining Twitter sahifasida shu haqda fikr bildirdi. 

"Dunyoda ilk internet urush Kataloniyada boshlandi va xalq hamda hukumat undan yakshanba kuni mustaqillik referendumini tashkil etishni boshlash uchun foydalanmoqda. Ispaniya maxsus xizmatlari hujum qilmoqda, aloqa binolarini egallab olib, telekommunikatsiyalarni muzlatmoqda, yuzlab saytlar, protokollar (ma'lumotlarni uzatish)ga senzura joriy qilmoqda", - deb yozgan u.

Assanjning fikricha, bu Berlin devori qulaganidan beri ilk marotaba "G‘arbdagi davlat va xalq o‘rtasidagi eng yirik mojaro"dir. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid