Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda xudkushlar masjid oldida terakt sodir etdilar
Foto: EPA
Afg‘oniston poytaxti Kobulda xudkushlar shialar masjidi yonida portlash sodir etdilar. Portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jabrlangan. Ba'zi manbalarning xabar qilishicha, halok bo‘lganlar soni 6 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, hujumni amalga oshirgan ikki xudkushning o‘zi ham o‘lgan. Kuch xizmatlarining fikricha, ular masjidning yonginasida portlashni amalga oshirishni rejalashtirgan bo‘lishlari mumkin.
Hujum juma namozi vaqtida sodir etilgan.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ushbu hujumni qoraladi va bosqinchilar o‘zlarining "dinga zid keluvchi, insonga xos bo‘lmagan qilmishlari" bilan afg‘on xalqini qo‘rqita olmasliklarini aytdi.
Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan. Avval Kobuldagi shia obektlariga uyushtirilgan bir necha hujum uchun javobgarlikni IShIDning mahalliy bo‘limi o‘z zimmasiga olib kelayotgandi. Bunday teraktlardan oxirgi eng yirigi avgustda sodir etilgan. O‘shanda 20 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025