Jahon | 00:05 / 01.10.2017
6840
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya Kataloniyadagi 1,3 mingta saylov uchastkasini yopib qo‘ydi

Ispaniya politsiyasi Kataloniyaning mustaqillik referendumida  saylov uchastkalari bo‘lib xizmat qiluvchi katalon maktablaridan yarmidan ko‘pini yopib qo‘ydi.

Hammasi bo‘lib 2315 ta maktabdan 1300 tasi yopilgan. Ovoz berish bo‘lib o‘tadigan 163 ta maktab referendum tarafdorlari tomondan egallab olingan.

Kataloniya viloyati rahbariyati 1 oktabrda mustaqil referendumi o‘tkazmoqchi. Madrid buni noqonuniy qaror deb atamoqda. So‘rovnomalarga ko‘ra, Kataloniya mustaqilligini 41 foiz, unga qarshilar 49 fozni tashkil qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid