Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatori: AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonda kamida yana 10 yilga qoladi
AQShning Afg‘onistondagi harbiy kontingenti bu davlatda kamida yana 10 yil qoladi. Bunday prognozni AQSh kongressi senatining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Bob Korker bildirdi.
"Biz, ehtimol, Afg‘onistonda qo‘shinlarimizni keyingi o‘n yil aniq ushlab turamiz", deb aytgan senator NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida.
U AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondagi missiyasi maqsadlari va vazifalari qanday ekanligi ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tdi. "Biz keyingi qadamlar qabul qilishda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak", deb aytgan senator. Korkerning tushuntirishicha, Vashington Kobulda hokimiyatni mustahkamlash va ularga Afg‘oniston taqdiri uchun ko‘proq javobgarlikni berish yo‘llarini izlashi kerak.
Uning ta'kidlashicha, "Afg‘onistonning butun yalpi ichki mahsuloti ham uning o‘z xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashiga yetmaydi".
Sentyabrda AQSh Afg‘onistonga 3 mingdan ko‘proq harbiyni yuborish qarorini qabul qildi. Bu AQShning Afg‘onistondagi kontingenti soni 14 minggacha oshishini anglatadi.
AQSh Afg‘onistondagi joriy operatsiyani 2001 yil kuzida boshlagan. 2011 yilda AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni 101 ming nafarni tashkil qilgan. Bu kampaniya davomida AQShning 2,3 mingdan ko‘proq harbiysi halok bo‘lgan, 17 mingdan ko‘prog‘i yaralangan.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026