Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston 20 yil ichida ilk marta davlat chegaralarini belgilab oldi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunga imzo chekdi. Bu shartnoma shu yilning 5 sentabr kunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi chog‘ida imzolangandi.
28 sentabr kuni Qirg‘iziston parlamenti ushbu qonunni qabul qildi. Qonun muhokamasi yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.
«Shartnomadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegarani aniqlash va oydinlik kiritish hisoblanadi. Ko‘rsatilgan shartnoma nizomida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining 1170, 53 kilometri tavsiflangan», — deyiladi prezident saytida.
Qonun rasman e'lon qilingan muddatdan kuchga kiradi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasi 1378 kilometrni tashkil etadi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi delimitatsiya va demarkatsiya haqidagi muzokaralar qariyb 20 yil davom etdi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026