Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Kataloniyadagi namoyishlarga qo‘shiladi
«Barselona» Kataloniya xalqining ozodlik yo‘lida uyushtiradigan namoyishlariga qo‘shiladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatgan.
3 oktabr kuni tashkil etilishi rejalashtirilayotgan namoyishlarda ishtirok etishi kutilayotgan klub ertaga faoliyat olib bormasligini bildirgan.
«Barselona» futbol klubi umummilliy namoyishlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularda ishtirok etadi. Shu sababdan klub ertaga butunlay yopiladi. Birorta jamoa, hattoki yoshlar jamoasi ham ertaga mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydi», - deyiladi klub bayonotida.
Yakshanba kuni Kataloniyada Ispaniyadan ajralib mustaqil bo‘lishni yoqlash maqsadida referendum o‘tkazildi. Ispaniya Konstitutsion sudi esa bu jarayonni noqonuniy deb topib, referendumning har qanday natijasini tan olmasligini bildirgandi. Kataloniya hukumati bergan ma'lumotga ko‘ra, referendumda ovoz beruvchilarning 90 foizi ishtirok etgan. Keyinroq Kataloniya poytaxti Barselona markazida Kataloniya jamoat milliy tashkiloti 3 oktabr kuni Kataloniya ko‘chalari bo‘ylab norozilik namoyishlari o‘tkazishi haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026