Sport | 10:10 / 02.10.2017
9709
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: Kataloniya o‘z kelajagini o‘zi qurmoqchi

Foto: Getty Images

Pochta orqali Kataloniya mustaqilligi uchun referendumda ovoz bergan «Barselona» jamoasining sobiq sardori, hozirda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ovoz berish ishtirokchilariga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida so‘z yuritdi. 

«Biz ularning bizni Ispaniyani sevmaydi, deb o‘ylashlarini xohlamaymiz. Ispaniya — g‘aroyib mamlakat, uning adabiyoti, sporti va shaharlari ajoyib. Ammo, Kataloniya o‘z kelajagini o‘zi qurmoqchi.

Ispaniya ayrim faktlarni bekitishi mumkin, ammo jahonning boshqa matbuoti hammasi qanday bo‘lganini ko‘rsatadi. Men go‘yoki politsiyachilar ham jabrlangani haqida o‘qidim. Xo‘sh, politsiyachilarga nima jabr yetkazibdi? Ovozlarmi? Hammasi aksincha bo‘lgan. Bu politsiyachilar rezina o‘qlardan foydalangan. Kataloniyada bu noqonuniydir. Bir ayolning barmog‘i singan. Ayrim xabarlarni rad etib bo‘lmaydi. 

Nima uchun biz britaniyaliklardan o‘rganmaymiz? Ular bir necha asrlar mobaynida bizga qaraganda nisbatan demokrat bo‘lishgan. Shunga qaramay, biz hatto, Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqishni xohlayaptimi yoki yo‘qligini ham bilmaymiz», — deya Gvardiola so‘zlarini keltiradi RAC1.

Mavzuga oid