Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya mustaqilligi uchun 90 foiz ovoz berildi
Foto: AFP
1 oktabrda Kataloniya muxtoriyatida o‘tgan referendumning 90 foiz ishtirokchisi muxtoriyatning Ispaniyadan ajralishi uchun ovoz berdi. Bu haqda muxtoriyat rahbariyati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ovoz berishda hammasi bo‘lib 2,3 mln saylovchi ishtirok etgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, referendum davomida politsiya bilan to‘qnashuvlarda jabrlanganlar soni 844 kishiga yetdi.
Kataloniya parlamenti mustaqillikni e'lon qilish bo‘yicha bir tomonlama qarorni qabul qiladi, deb aytdi muxtoriyat jyeneraliteti (hukumati) raisi o‘rinbosari Oriol Junkeras.
"Ha, parlament bunday qarorni qabul qiladi", deb aytdi u jurnalistlarga.
Biroq Ispaniya hukumati ushbu referendumni tan olmayapti.
Mavzuga oid
11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024