Jahon | 11:51 / 02.10.2017
9141
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni qiroli 5 oktabr kuni Moskvada bo‘ladi

© AP Photo / Saudi Press Agency

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud 5 oktabr kuni Moskvaga keladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi.

«Beshinchi oktabr», degan Ushakov tashrif sanasiga aniqlik kiritish so‘ralgan savolga javoban.

Bundan avvalroq RIA Novosti Saudiya Arabistoni monarxi Rossiyaga 4-7 oktabr kunlari tashrifini amalga oshirishi haqida xabar tarqatgandi. Xabarda qirol Salmon tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, tomonlar qator hujjatlarga imzo chekishi haqida aytilgandi.

Keyinroq RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrif oktabr oyining birinchi dekadasida bo‘lib o‘tishi, tashrifga tayyorgarlik ishlari davom etayotganini tasdiqladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid