Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk avialiniyasi cheklovlarsiz chiptalarni taklif qiladi
Turkiyaning Atlasglobal aviakompaniyasi yo‘lovchilarga cheklovsiz chiptalarni taklif qildi. Aviakompaniya saytida xabar berilishicha, bu chiptalar biznes-toifada hech qanday cheklovlarsiz parvoz qilish imkonini beradi.
Parvoz chiptalari 2017 yilning 1 oktabridan 2018 yilning 30 mayiga qadar amalda bo‘ladi. Ularning narxi Turkiya hududi bo‘ylab ichki reyslar uchun - 1 ming dollar atrofida bo‘lsa, qolgan barcha yo‘nalishlar, jumladan xalqaro yo‘nalishlar uchun 3,5 ming dollarni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, parvozlarda yo‘lovchi barcha soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi kerak bo‘ladi, ularning hajmi yo‘nalishga qarab farqlanadi.
Parvoz narxiga biznes-zalga borish, yukning oshirilgan normasi va yaxshilangan ovqatlanish tartibi kiradi. Aviakompaniyaning aniqlik kiritishicha, agar biznes-toifa chiptalarining hammasi sotilsa, yo‘lovchi iqtisod-toifada parvoz qilishi mumkin. Yo‘l chiptasi bo‘yicha xarid qilingan chiptani boshqa odamning nomiga o‘tkazish mumkin emas.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026