Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Kataloniyada ish tashlash o‘tkaziladi
Kataloniya jamoatchilik tashkilotlari va kasaba uyushmalari rahbarlari bugun, 3 oktabr kuni yalpi ish tashlash o‘tkazadi.
Shu tariqa ular Ispaniya politsiyasi va Milliy gvardiyaning 1 oktabr kungi mustaqillik haqidagi referendum ishtirokchilariga nisbatan qo‘llagan shafqatsiz choralariga norozilik bildirishmoqchi.
Kataloniya Milliy assambleyasi va Omnium Cultural tashkiloti aholini mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan soat 15:00) boshlanadigan ish tashlash tadbirlarida faol qatnashishga chaqirgan.
Bugun Barselonada jamoatchilik transportlari - avtobuslar va metro ishlamaydi. Shahardan tashqariga qatnovchi poyezdlar harakatida cheklovlar qo‘yilgan. Temiryo‘l kompaniyalari jami 151ta poyezd harakatini to‘xtatgan. Bundan tashqari, aeroportlarda ish hajmi qisqargan. Muzeylar, teatrlar va ko‘rgazmalar yopiladi.
«Barselona» va «Jirona» klublari ham bu ish tashlashga qo‘shilgan, klublar bugun yopiq bo‘ladi, mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydi.
Kataloniya hukumati rahbari Karles Puchdemon hukumat Yevropa Ittifoqqa murojaat qilib, referendum chog‘ida inson huquqlari buzilgani haqidagi masalani ko‘rib chiqishni talab qilishni rejalashtirgani haqida aytdi.
2 oktabr kuni Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum ishtirokchilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berganini ma'lum qilgandi.
Kataloniya hukumatining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, 1 oktabr — hudud mustaqilligi haqidagi referendum o‘tkazilgan kunda — politsiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 844 kishi jabrlandi.
Mavzuga oid
20:02 / 11.06.2026
Ish tashlash taqiqlangan sohalar belgilandi
18:55 / 11.06.2026
Ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
12:04 / 01.05.2026