Iqtisodiyot | 15:00 / 03.10.2017
116200
2 daqiqa o‘qiladi

Ucell ketishi bo‘yicha gaplar haqiqatga aylanmoqda. Telia Usmonovning kompaniyasidagi ulushini sotdi

Foto: Reuters

Shvetsiyaning Telia Company telekommunikatsiya holdingi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi nazorat qiladigan aloqa operatori «Megafon»dagi aksiyalarini sotdi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6,2 foizlik ulush (38,5 million aksiya) 392,7 million dollarga sotilgan. Bir aksiya 585 rublga baholangan (22,522 mlrd rubl).

«Telia ''Megafon''dagi aksiyalarining 6 foizdan ortiq qismini taxminan 3,2 mlrd shved kronasiga (391,7 mln dollar) sotdi», — deyilgan Telia bayonotida.

«Interfaks» xabariga ko‘ra, bu kelishuvda bir aksiya bahosi Moskva birjasida dushanba kungi baholardan 8,45 foizga arzon bo‘ldi. Dushanba kungi savdolarda «Megafon»ning bir dona aksiyasi 639 rublga baholangandi.

USM Holdings Rossiyadagi yirik aloqa operatorlaridan biri — «Megafon»ning nazorat qiluvchi aksiyadorlaridan biridir (56,32 foiz); Telia ham mazkur operator egalaridan biri sanalardi (25,17 foizlik ulush). Endi shved kompaniyasining ulushi 19,5 foizga tushdi. 

Telia 2015 yil oxirida «Yevrosiyo» makrohududidagi o‘z aktivlarini sotishini e'lon qilgan edi. Bu makrohudud MDHdan tashqari Gruziya va Nepalni ham o‘z ichiga olgan. Hozirga qadar Nepal va Tojikistondagi aktivlar sotib bo‘lingan.

Telia O‘zbekistondagi pora ishi bo‘yicha qariyb 1 mlrd. dollar to‘laydi

O‘tgan haftada Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi Shvetsiyaning Telia shirkati bilan O‘zbekistonda Ucell savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi Coscom mobil aloqa operatorini sotib olish yuzasidan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Ucell abonentlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinda turuvchi aloqa operatori sanaladi. 2016 yilning so‘nggiga qadar bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya 9 milliondan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatadi.

Mavzuga oid