Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anga suiqasd qilishda ayblanuvchilarga jazo tayinlandi
Foto: Haberturk
Turkiyada mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning hayotiga suiqasd qilishda ayblangan 34 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda NTV telekanalida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, sudda iste'fodagi polkovnik Husayn Yilmaz oqlangan.
Bu ish bo‘yicha jami 47 kishi sudga tortilgandi.
Bundan avvalroq Turkiya prokuraturasi imom Fathulloh Gulenning tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 35 nafar jurnalistni hibsga olishga order bergani ma'lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir etildi. Hukumat bu harakat ortida Fathulloh Gulen turganini iddao qilib keladi.
Harbiylar isyoni vaqtda tinch aholi vakillari va hukumat kishilaridan 246 nafari halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Halok bo‘lgan isyonchilarning aniq soni hisoblanmadi.
Mavzuga oid
11:08 / 19.10.2019
OAV AQSh va Turkiyaning Suriya bo‘yicha muzokaralaridagi bosh masalani e'lon qildi
15:18 / 17.10.2019
«Ahmoqlik qilmang!» - Trampning Erdo‘g‘anga yozgan ogohlantirish xati oshkor bo‘ldi
18:35 / 15.10.2019
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda
13:24 / 15.10.2019