Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX Farg‘ona viloyatida gashish kontrabandasini to‘xtatdi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Qirg‘izistondan olib o‘tilayotgan yirik partiyadagi giyohvand modda kontrabandasining oldini oldi.
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan operativ chora-tadbirlari davomida Qora yantoq qishlog‘ida yashovchi Murodali Abdujabborov xaridorga giyohvand moddalarni pullayotgan vaqtida MXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
"Operativ guruh M.Abdujabborovga tegishli "Tiko" avtomashinasini ko‘zdan kechirganda old o‘rindiqning ostida qatron moddali o‘ziga xos hidga ega tugunni aniqladi va guvohlar ishtirokida uni tortib oldi", - deydi MXX xodimi.
Tergov oldi chora-tadbirlari davomida ma'lum bo‘lishicha, M.Abdujabborov mazkur moddani Qirg‘iziston fuqarosi - qandaydir Elomondan olgan va uni davlat chegarasining murakkab uchastkalari orqali noqonuniy yo‘l bilan Farg‘ona tumani hududiga olib ketayotgan bo‘lgan.
O‘tkazilgan ekspertiza natijasida tugunda umumiy og‘irligi 4 kilogramm 967 gramm gashish bo‘lgani aniqlangan.
MXXning tergov bo‘limi M.Abdujabborovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Mavzuga oid
11:44
Farg‘ona vodiysida dorilar va giyohvand moddalarning yirik partiyalari musodara qilindi
15:05 / 26.02.2026
Kun.uz tanqididan so‘ng: mashinada uch odamni urib yuborgan farg‘onalik ayolga nisbatan chiqqan hukm o‘zgardi
19:54 / 25.02.2026
Farg‘ona bog‘chalarida ommaviy zaharlanish: ovqat yetkazib beruvchi firma tendersiz tanlangan, kim aybdor?
11:53 / 25.02.2026